Toshkent viloyatida 30 mln so‘mni o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
2017 yil 20-may kuni Furqat Abdinazarov firibgarlik yo‘li bilan «Neksiya” rusumli avtoulovni sotib berish evaziga 30 mln so‘mdan ortiq pulni olib, o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Bekobod shahrida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan Furqat Abdinazarov (ism-shariflari o‘zgartirilgan) firibgarlik yo‘li bilan avtoulovni sotish uchun pul olganligi holati bo‘yicha qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Uzbekskie sumi - Sputnik O‘zbekiston
Abu-Saxiy gipermarketida 500 ming so‘mni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Xabarda aytilishicha, Bekobod shahrida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan Furqat Abdinazarov jamiyatda foydali mehnat turi bilan shug‘ullanmasdan, jinoyat sodir etish yo‘liga kirdi.

Joriy yilning 20-may kuni Furqat Abdinazarov firibgarlik yo‘li bilan 1981-yilda tug‘ilgan Mansur Nurmuxammedovni ishonchini suiste’mol qilib, «Neksiya» rusumli avtoulovini sotmoqchi ekanligini aytib, «avtoulovni bir xafta muddat ichida rasmiylashtirib beraman»- deb aldab, Mansur Nurmuhammedovdan 30 mln so‘mdan ortiq pulni olib, o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Tezkor chora-tadbirlar natijasida bu firibgarliklarga chek qo‘yildi.

Endilikda Furqat Abdinazarovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0