"Qora bozor"da dollar kursi 700ga tushdi, yana tushadi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri: dollari SShA
Denejnie kupuri: dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu kechayu-kunduzda O‘zbekiston viloyatlaridagi "qora bozor"larda 100 dollar 700 ming so‘mni tashkil qilmoqda. Valyutachilarning so‘zlariga ko‘ra, bu hali oxiri emas, kurs 600ga tushishi kutilmoqda

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. O‘zbekiston viloyatlaridagi "qora bozor"larda dollar narxi yana tushdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Muxbirning so‘zlariga ko‘ra, bozorlarda bir dollar 7000 so‘mdan sotib olinmoqda. Dollar olish istagini bildirgan fuqarolarga valyutchiklar "sotishga yo‘q" deya javob qaytarishmoqda.

Dengi - Sputnik O‘zbekiston
"Qora bozorda" dollar narxi tushib ketmoqda

Noqonuniy valyuta sotuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, tez kunda dollar narxi 6000 so‘mgacha "qarsillab" tushishi kutilyapti.

Dollarning vahimali pasayishi ayrim fuqarolarni sarosimaga solmoqda.

"Yaqindagina 8400 dan almashtirgan edim, bugun kelsam 700 deyishdi. Nima qilishga ham hayronman" deb aytgan Sputnik muxbiriga "qora bozor"ga valyutani so‘mga almashtirgani kelgan fuqarolardan biri.

Ilgariroq dollar narxi pasayishiga konvertatsiya ochilishi, prezidentning bir necha yangi qarorlari qabul qilinishi sabab bo‘lganligi taxmin qilingan edi.

Ayrim internet foydalanuvchilari esa dollar pasayishi shunchaki bir o‘yin, degan fikrni bildirib, "Abu Saxiy" bozorida savdogarlar tovar olgani kelgan xaridorlarga dollarni 8300 dan hisoblayogani haqida aytishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0