Joriy yilning 1-choragida 550 nafar o‘zbekistonlik Janubiy Koreyaga ishlash uchun ketgan

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishRabochie na stroitelnoy ploshadke, arxivnoe foto
Rabochie na stroitelnoy ploshadke, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi kunda O‘zbekiston hukumati fuqarolarni ishga yollash bo‘yicha O‘mon va Turkiya respublikalari bilan muzokalar olib bormoqda

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. 2017-yil 1 choragida 550 nafar O‘zbekiston fuqarolari ishlash uchun Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi, deb xabar qildi "Jahon" axborot agentligi.

Avtomat momentalnoy oplati - Sputnik O‘zbekiston
Milliy bank migrantlar uchun pul o‘tkazmalari tizimini ishga tushirmoqda

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston hukumati Tashqi mehnat migratsiya masalalari bo‘yicha agentlik vakolatxonalari Rossiya va Janubiy Koreyada ochishni rejalashtirmoqda.

Sal oldin O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida migratsiya sohasida vakolatli organlarning vakolatxonalari joriy etish bo‘yicha bitim imzolangan edi. Buning natijasida 2017-2018 yillarda Moskva, Belgorod, Krasnodar, Sankt-Peterburg, Kaliningrad va Vladivostokda vakolatxonalar ish faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston hukumati tomonidan Polsha hukumati bilan hamkorlik olib borilmoqda. 2017-yil 8-fevraldan O‘zbekiston fuqarolarini ishga olish bo‘yicha polshalik kompaniya bilan bitim kuchga kirgan. Respublika rahbariyati har yili 2,5 ming nafar O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0