Imtihon javoblari 17-avgust kuni e’lon qilinadi

© Sputnik / Pavel LisisinAbituriyent
Abituriyent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy ta’lim muassasalariga 729 947 nafar abituriyent hujjat topshirgan, shulardan 7 725 (2016 yilda - 7 521) nafari muddatli harbiy xizmatni tugatgan harbiy imtiyozga ega abituriyentlardir

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. 2017-yil 1-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test imtihonlari natijalari 17-avgust kuni e’lon qilinadi, deb xabar qildi Davlat test markazi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017/2018 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida"gi Qaroriga muvofiq 1-avgust kuni 59 oliy ta’lim muassasalari va ularning 12 ta filialida qabul test sinovlari o‘tkazildi.

Ekzamen. - Sputnik O‘zbekiston
Abituriyentlar imtihon oldidan onlayn sinov testini topshirib ko‘rishlari mumkin

Oliy ta’lim muassasalariga 729 947 (2016 yilda — 663 304) nafar abituriyent hujjat topshirgan, shulardan 7 725 (2016 yilda — 7 521) nafari muddatli harbiy xizmatni tugatgan harbiy imtiyozga ega abituriyentlardir.

O‘rtacha tanlov 1 o‘ringa 11,0 (2016 yilda — 11,05) tani tashkil etdi.

Test sinovlarini o‘tkazish maqsadida 744 271 (2016 yilda — 676 ming) dona individual test savollari komplekti tayyorlandi.

Test sinovlari 1 080 (2016 yilda — 889) ta binoda joylashgan maxsus 21 765 (2016 yilda — 19 830) ta auditoriyada o‘tkazildi. Davlat test markazi va tegishli xizmat organlari bilan hamkorlikda test sinovi o‘tkazish tartibiga so‘zsiz amal qilish bo‘yicha zarur choralar qabul qilindi.

Jamoatchilik xavfsizligini ta’minlash uchun 17 317 (2016 yilda — 16 060) nafar ichki ishlar xodimlari, 1 848 (2016 yilda — 1 276) ta avtotransport vositalari (jumladan, 84 (2016 yilda — 33) ta yong‘inga qarshi ekipaj, 362 (2016 yilda — 326) dona tez tibbiy yordam avtomashinalari) jalb qilindi.

Perviy zamestitel ministra visshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya respubliki Inomjon Majidov - Sputnik O‘zbekiston
Vazir Majidov: test imtihonlari javobi 15-avgustgacha qolmay e’lon qilinadi

Test sinovlariga 11 698 (1,6 %) (2016 yilda — 5 163 (0,8%)) nafar abituriyent qatnashmadi, 2 764 (0,38 %) (2016 yilda — 714 (0,1%)) nafari test sinovi topshirish tartibini buzganligi sababli jarayondan chetlashtirildi.

Test sinovlari jarayonida natijaga ta’sir etuvchi qoidabuzarlik holatlari qayd etilmadi. Test materiallari shu kunning o‘zida Davlat test markaziga yetkazildi.

Shuningdek, 2017-yil 5-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasiga qarashli jami 10 ta oliy harbiy ta’lim muassasasida test sinovlari o‘tkazildi. Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risida Nizom" asosida amalga oshirildi.

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga xujjat topshirgan 7680 nafar abituriyent test sinovlariga ishtirok etdi. Ushbu muhim tadbirda 838 nafar davlat test markazi vakillari va auditoriya nazoratchilari jalb etildi. Test sinovlari barcha oliy harbiy ta’lim muassasalarida amaldagi tartibda belgilangan vaqtda boshlandi va yakunlandi.

Yangiliklar lentasi
0