Mirziyoyev: xalqdan uzilib, o‘zimizni ham, xalqni ham aldab, shu ko‘yga tushmadikmi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi

TOShKENT, 10-avgust — Sputnik. Toshkentda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning o‘tgan 7 oyi mobaynida O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini yangilash, iqtisodiyotni erkinlashtirish va aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish, davlat rahbarining joylarda xalq bilan muloqotlari chog‘ida belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilishiga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Selektor yig‘ilishi haqidagi ko‘rsatuv 9-avgust kuni "O‘zbekiston 24" telekanali orqali namoyish qilindi.

Videoselektorda yig‘ilganlarga katta ekranda respublikaning turli nuqtalaridagi holatlarni aks ettiruvchi videofilm qo‘yib berildi. Filmda barcha viloyatlardagi muammolar (aholi uylari, yotoqxonalar, bog‘chalar va maktablardagi ayanchli holatlar) aks etgan.

Unda barcha hududlarda odamlarning turmush sharoitini yaxshilash, hududlar obodligi, ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy infratuzilma yo‘nalishlarida to‘planib qolgan, yillar davomida o‘z yechimini topmagan masalalar ochiq oydin ko‘rsatib berilgan.

Pismenniy nabor glavi gosudarstva - Sputnik O‘zbekiston
Prezident hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qaror imzoladi

Ana shu muammolarni o‘z vaqtida hal etish, ishiga mas’uliyatsiz  yondashayotgan rahbarlarning faoliyatiga baho berish, aniq vazifalarni belgilab olish maqsadida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mazkur yig‘ilish tashkil etildi.

"Hozirgina namoyish etilgan kinoni ko‘rgandirsizlar. Qanday xulosa qilasizlar? Qani har bir viloyat hokimi, rayon to‘rtta rahbari vijdoni bo‘lsa aytsin. Videolavhadagi kamchiliklar va muammolar uchun kim javobgar? Biz xalqdan uzilib, yolg‘on raqamlarga mahliyo bo‘lib, odamlarning dardi va tashvishini unutib, oyog‘imiz yerdan uzilib, o‘zimizni ham, xalqni ham aldab, shu ko‘yga tushmadikmi? Haliyam, biz barchamiz o‘z xalqimiz uchun bosh egib, sajda qilishimiz kerak, bardosh bergani, chidagani uchun! Mana nima uchun biz bugun bu yig‘ilishga to‘plandik. Nima uchun bugun ishimizni mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilmoqchimiz. Mana shu filmda ko‘rgan, vijdoni bor rahbar o‘ziga savol beradi. Man haqqim bormi bu dargohda, haqqim bormi joylardagi zallarda o‘tirishga degan savol beradi. Agarda vijdoni bo‘lsa, shu savolga javob topish kerak"- deb ta’kidladi Mirziyoyev.

Davlat rahbari o‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda rivojlantirishga yo‘naltirishgan 20 ta qonun, prezidentning 180 ta farmoni va 450 ta qarori qabul qilingani va bu jarayon uzluksiz davom etayotgani, ushbu meyoriy-huquqiy hujjatlarni amaldagi ijrosini ta’minlashda barcha bo‘g‘indagi rahbarlarning mas’uliyatini oshirish zarurligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0