Yaponiya hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi

© AP Photo / Eugene HoshikoSindzo Abe
Sindzo Abe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiyada hukumat a’zolarining ayrimlari aralashgan turli mojaro va shov-shuvlardan keyin jamoatchilik oldida hukumat reytingi tushib ketgan edi.

TOShKENT, 3-avgust — Sputnik. Yaponiya Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan favqulodda majlisda, hukumat a’zolari bosh vazir Sindzo Abega iste’foga chiqish haqidagi so‘rovnomani tutqazishdi, deb xabar qilmoqda NHK telekanali.

Yaponiya Liberal-demokratik partiyasining shu kunning o‘zida bo‘lib o‘tgan majlisida hukumatning yangi a’zolarini tayinlash haqida qaror qabul qilindi.

Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan ballistik raketa translyatsiyasi, 2017-yil 4-iyul - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiya 24 soat ichida ikkinchi marta milliy xavfsizlik kengashini chaqirdi

Tashqi ishlar vaziri lavozimiga Taro Kono tayinlandi. U oldin ma’muriy islohotlar vaziri lavozimida ishlab kelgan edi. Sobiq TIV rahbari Fumio Kisida partiya Kengashi raisi lavozimiga saylandi.

Mudofaa vazirligiga Itsunori Onoderu rahbar etiy tayinlandi. Onoderu ushbu lavozimda 2012-2014 yillarda ishlagan edi.

Hukumat bosh kotibi Yosixide Suga, Iqtisod, savdo va sanoat vaziri Xirosige Seko, Moliya vaziri Taro Aso va Transport vaziri Keyiti Isiilar o‘z lavozimlarida qolishdi. Qoshloq ho‘jalik vazirligini Ken Sayto, Madaniyat, sport va fan vazirligini Yosimasa Xayasi egalladi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yaqinda Yaponiyada hukumat a’zolarining ayrimlari aralashgan turli mojaro va shov-shuvlar bo‘lgan va ular natijasida jamoatchilik oldida hukumat reytingi tushib ketgan edi. Shundan so‘ng Yaponiya bosh vaziri ushbu qarorga kelgan.

Yangiliklar lentasi
0