Toshkent viloyati bojxona xodimi 460 dollar pora bilan qo‘lga olindi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishDengi
Dengi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MXX va Toshkent viloyati prokuratura xodimlari hamkorligida tezkor operatsiya o‘tkazildi

TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. MXX va Toshkent viloyati prokuratura xodimlaridan iborat maxsus tezkor guruh tomonidan o‘tkazilgan operatsiya natijasida Davlat bojxona qo‘mitasi Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimi Jahongir Omonov pora olayotgan paytda qo‘lga olindi, deb xabar qildi Podrobno.uz.

Guliston davlat universiteti katta o‘qituvchisi 6 ming $ pora bilan qo‘lga olindi

O‘zbekistonda bojxona organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ichki bozorga sifatsiz va kontrabanda mahsulotlarni olib kirilishini oldini olish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi bozorlarga chiqishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga keng ko‘lamli qulayliklar yaratish, bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida taqdim etiladigan hujjatlar sonini qisqartirish maqsadida zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bojxona organlari faoliyatida tatbiq etilmoqda.

Afsuski milliy bojxona tizimidagi ayrim nopok xodimlar tomonidan ishbilarmonlardan, shu jumladan xorijiy tadbirkorlardan noqonuniy ravishda pul talab qilish holatlari davom etmoqda.

Dastlabki olingan ma’lumotlarga ko‘ra, DBQ Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi bojxona nazoratini tashkil etish bo‘limi katta inspektori Jahongir Omonov avtomobil tashuvchilarini yo‘nalishlarini o‘zgartirish uchun xorijiy transport kompaniyasidan tizimli ravishda 200 dan 500 dollargacha pul mablag‘larni talab qilib kelgan.

Tezkor xodimlar Omonovni xorijiy tadbirkordan pora tariqasida 460 dollar olayotgan paytda qo‘lga oldilar.

Prokuratura organlari tomonidan Omonovga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi pora olish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov doirasida xorijiy avtomobil tashuvchilarining pora evaziga yo‘nalishlarini o‘zgartirilishiga aloqador bo‘lgan boshqa bojxona xodimlari ham aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0