Latviya Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova ishi bo‘yicha izoh bermasligini bildirdi

© Sputnik / Valeriy Levitin / Mediabankka o‘tishGulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Latviya Bosh prokuraturasi Rigadagi ko‘ngilochar maskan O‘zbekistonning Birinchi prezidenti qizi Gulnora Karimovaga tegishli ekanligi haqidagi xabarni tasdiqlash yoki inkor etishni istamadi

TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. Latviya Bosh prokuraturasi respublikada O‘zbekistonning Birinchi prezidenti qizi Gulnora Karimovaga tegishli mulk borligi haqidagi xabarga izoh bermadi, deb xabar qildi Sputnik Latviya RIA Novostiga tayanib.

Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura Gulnora Karimova ustidan ochilgan jinoyat ishlari bo‘yicha xabar berdi

"Latviya Bosh prokuraturasining xalqaro hamkorlik bo‘yicha ishlash va boshqarish departamenti yaqqol shaxslar haqida axborot bermasligini ma’lum qiladi. Huquqiy (sud) yordam haqidagi shartnomaga oid masalalar tergov siri hisoblanadi", — deb ma’lum qildi bosh prokuratura RIA Novostiga.

2013 yil oktabrda Gulnora Karimovaga nisbatan 2011-2013 yillarda uyushgan jinoiy guruhga bevosita ko‘maklashib, qator jinoyatlarni sodir etgani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2015-yil 21-avgustdagi hukmi bilan G.Karimova ayblanayotgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan va unga 5-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

O‘tgan haftada O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlariga tergov organlarining uyushgan jinoiy guruhning yuqorida qayd etilgan aktivlarini xatlash to‘g‘risidagi qarorlari yuborilganligini ma’lum qildi.

Elitniy jiloy kompleks v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Gulnora Karimovaning chet ellardagi hashamatli ko‘chmas mulklari ro‘yxati

Respublika Bosh prokuraturasining ma’lum qilishicha, uyushgan jinoiy guruhning Shveysariya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Latviya, Rossiya, Gonkong va Birlashgan Arab Amirligida mulklari borligi aniqlangan.

Latviyaning Riga shahridagi narxi 9 million yevro deb baholangan "Vernisaj" ko‘ngilochar majmuasi Gulnora Karimovaga tegishli ekani taxmin qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0