Aql sinovi: O‘zMUga hujjat topshirgan 188 abituriyent imtihonda qatnashishdan voz kechgan

© Shahriyor BoboqulovO‘zMUda kirish imtihonlari to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilindi
O‘zMUda kirish imtihonlari to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilindi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Imtihonlardagi kuzatuvlar sabab 188 nafar abituriyent sinov imtihonida ishtirok etishdan voz kechdi. 77 nafar abituriyent esa kuzatuvchilarning adolatli yondashuvi sabab test sinovlaridan chetlashtirildi

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Kecha O‘zbekiston Milliy universitetida 2017-2018 o‘quv yili uchun bakalavriat yo‘nalishlariga test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Universitetda bu yilgi imtihon jarayonlari shaffof, adolatli va haqqoniy tarzda o‘tkazilishi uchun barcha choralar ko‘rildi.

Jumladan, O‘zMUda birinchi marotaba barcha auditoriyalarga kuzatuv kameralari o‘rnatilib, test jarayonlari abituriyentlarning ota-onalariga onlayn tarzda uzatildi. Shu bilan birga "Yoshlar" telekanaliga to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilindi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil O‘zMUda 2017-2018 o‘quv yili uchun bakalavriat yo‘nalishlariga jami 13790 nafar abituriyentlarning arizasi qabul qilindi. Qabul jarayonida zamonoviy biometrik texnologiyalar asosida abituriyentlarning nazorat qilish va boshqarish tizimi, shuningdek, qiyofadan shaxsni aniqlashga qaratilgan "aqlli" texnologiya qo‘llanilganligi haqida xabar bergan edik. Bu "aqlli" texnologiyalar yordamida hujjat topshirishgacha bo‘lgan jarayonda 70 dan ortiq qoidabuzarliklar aniqlangan.

Elektronnaya shpargalka ne pomogla abituriyentu: Premyer-ministr posovetoval yemu postupat v TUIT - Sputnik O‘zbekiston
Bosh vazir shpargalka bilan qo‘lga tushgan abituriyentga TATUga kirishni maslahat berdi

O‘zMU rahbariyati avval va’da berganidek bugungi test sinovlarida ham ayni shu aqlli texnologiyalar qo‘llanildi. Test o‘tkaziladigan auditoriyalarga kuzatuv kameralari o‘rnatilib, jarayonning to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyishi onlayn rejimda keng jamoatchilikka uzatildi.

Aqlli texnologiyalar hujjatlar qabul qilish jarayonidagi birinchi bochqichda abituriyentlar test jarayonlari adolatli va shaffof o‘tkazilishida kuzatuvchi sifatida baho bergan bo‘lsa, bugun ularni qaysidir ma’noda o‘z bilim va imkoniyatlariga mustaqil baho berish va to‘g‘ri xulosa chiqarishga undadi. Pirovard natijada 188 nafar abituriyent sinov imtihonida ishtirok etishdan voz kechdi.

77 nafar abituriyent kuzatuvchilarning adolatli yondashuvi sabab test sinovlaridan chetlashtirildi. Aqlli texnologiyalarga chap berishga urinish holatlari ham kuzatildi. Lekin buning oldi olinib, 4 nafar abituriyent imtihonga kiritilmadi. Bu eksprementdan ko‘zlangan asosiy maqsad, iqtidorli, bilimli abituriyentlarga o‘qishga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishdan iborat.

Sohiba Soliyeva.

Yangiliklar lentasi
0