"Yevrotsement grupp" O‘zbekistonda yangi sement zavodi quradi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishZavod jelezobetonnix izdeliy
Zavod jelezobetonnix izdeliy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi zavod qurilishi haqida Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amalga oshirilgan tashrifi davomida kelishib olingan edi.

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Rossiyaning "Yevrotsement grupp" xoldingi O‘zbekistondagi "Angren" erkin iqtisodiy zonasida yangi sement zavodi quradi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga "O‘zqurilishmateriallari" AJ vakili.

"Qurilayotgan yangi zavod quvvati sutkasiga 6,2 ming tonna klinker yoki yiliga 2,4 mln tona sementni tashkil qiladi. Bu zamonaviy zavod bo‘lib u sementni "quruq uslub"da ishlab chiqaradi. Buning evaziga 35-45 % tabiiy gazni iqtisod qilish imkoni paydo bo‘ladi", — dedi suhbatdosh.

Bugungi kunda "Yevrotsement guruhi" zavod qurilishi bo‘yicha bosh pudratchini tanlovi o‘tkazmoqda. Unda Xitoy, Germaniya va Turkiya korxonalari ishtirok xetmoqda. Zavodni ishga tushirish 2018-yil oxiriga mo‘ljallangan.

Rabochiy demonstriruyet produksiyu zavoda - Sputnik O‘zbekiston
"Yevrotsement grup" O‘zbekistonda zavod quradi

"O‘zqurilishmateriallari" AJ vakili aytishiga qaraganda ushbu tashabbus hukumatning alohida nazorati ostiga olingan. Xususan, 21-iyul kuni Angrenda bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev ushbu loyihani tezroq amalga oshirish maqsadida yangi zavod qurilishi bo‘yicha prezident qarori tayyorlashni topshirdi hamda  bosh vazirining birinchi o‘rinbosariga qurilish tezroq boshlanishiga uchun har tomonlama  yordam ko‘rsatish topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekistonda 12 ta sement zavodi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning umumiy ishlab chiqarish quvvati yiliga 9 mln tonnani tashkil qilsada, Respublikada sementga bo‘lgan ehtiyoj to‘laligicha qondirilgani yo‘q.

Bugungi kunda O‘zbekistonning eng yirik semen ishlab chiqaruvchi korxonalari quyidagilardir: «Qizilqumsement» — 3,5 mln. tona, «Ohangaronsement» — 1,74 mln tonna, «Bekobodsement» — 1,25 mln tonna, «Quvasoysement» 1,08 mln tonna, Jizax sement zavodi 1 mln tonna va yana bir necha kichik sement zavodlaridir. 

Yangiliklar lentasi
0