Rossiyaga O‘zbekistonning 52 tonna mevasi kiritilmadi

© Upravlenie Rosselxoznadzora po Branskoy oblasti / Mediabankka o‘tishUnichtojenie sanksionnoy produksii v Rossii
Unichtojenie sanksionnoy produksii v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mevalar ortirilgan yashiklarda mahsulotning to‘liq nomi, yetishtirilgan mamlakat, eksport yoki reeksport qiluvchi kompaniya to‘g‘risida ma’lumotlar yozilgan markirovkalar bo‘lmagan

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Rossiyaga belgilangan tartibda markirovka qilinmagan O‘zbekistonda yetishtirilgan 52 tonna mevalarningolib kirilishi oldi olindi. Bu haqda Rossiya qishloq xo‘jaligi nazorati xizmati matbuot xizmati xabar qildi.

Unichtojenie sanksionnoy produksii v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Xabarovsk aeroportida olib qo‘yilgan O‘zbekiston mevalari yo‘q qilinadi

Xabarda aytilishicha, Novosibirskda o‘tgan haftada Qozog‘istonda yetishtirilgan umumiy og‘irligini 204 tonna bo‘lgan qovun, shaftoli, olma, olxo‘ri, piyoz, O‘zbekistonda yetishtirilgan 52 tonna shaftoli, o‘rik, nok, uzum, olxo‘ri hamda Qirg‘izistonda yetishtirilgan sal kam 1 tonna guruch yormasi, yong‘oq, sarimsoqpiyoz, sholi poxoli to‘xtatib qolindi.

Ushbu mahsulotlar Qozog‘iston va Qirg‘izistondan Sibir shaharlarida sotish uchun avtomobil transportida olib kelinayotgan bo‘lgan.

Karantin fitosanitariya nazoratini amalga oshirish davomida mevalar yuklangan yashiklarda mahsulotning to‘liq nomi, yetishtirilgan mamlakat, eksport qiluvchi yoki reeksport qiluvchi kompaniya haqida ma’lumotlar yozilgan markirovkalar bo‘lmagani aniqlangan.

Xalqaro karantin qonunchilik talablariga asosan yuqori fitosaniriya xavfi bo‘lgan meva va sabzavotlar Rossiya Federatsiyasiga olib kirilishi taqiqlangan.

Barcha mahsulotlar Qozog‘iston va Qirg‘iziston jo‘natuvchilariga qaytarib yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin O‘zbekistondan yetishtirilgan 80 kgdan ortiq mevalar olib kirilishi yo‘l qo‘yilmagan edi.

Yangiliklar lentasi
0