TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Amerika Davlat Departamenti O‘zbekistonni Qirg‘iziston bilan urushishga undagan, deb bayonot qildi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev.
Qirg‘iziston prezidenti "Manas" Markaziy issiqlik yo‘li yopilgach, Amerikaning Qirg‘izistonga nisbatan siyosati qay tarzda o‘zgarganiga e’tibor qaratgan.
Atambayevning so‘zlariga ko‘ra, Amerika aviabazasi yopilishi oldidan dunyoning ko‘pgina yetakchilari uni Eron shu bazaga zarba berishi va oqibatda qirg‘izistonliklar jabr ko‘rishi mumkinligidan ogohlantirishgan.
"Esingizdami, rahmatli Islom Abdug‘aniyevich 2014-yilda mintaqada suv uchun urush ro‘y berishi mumkinligi haqida gapirgandi? Natijada o‘sha yilning so‘ngida O‘zbekiston har biri million dollarlik 328 dona bronlangan mashinalarni oldi. O‘shanda men: "Sizlar demokratiya tarafdorlari ekansizlar, nega u holda bu mashinalarni bizlarga bermadingiz degan edim", — deb hikoya qilgan Atambayev.
Amerika demokratiyasining narxi shu, deb qayd etgan gapi oxirida Qirg‘iziston prezidenti.