Toshkent IIBB internetga qo‘yilayotgan roliklarni nazoratga oldi

© Sputnik / Andrey TeshayevO‘zbek militsionerlari
O‘zbek militsionerlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agarda jinoyatchi muhrlangan rolikka ko‘zingiz tushsa, bemalol bu rolikni Toshkent IIBB elektron manziliga anonim tarzda yuborishingiz mumkin

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari Internet tarmog‘ida paydo bo‘layotgan huquqbuzarliklar aks etgan roliklarni nazoratga olib, ularda qayd etilayotgan faktlarni tezkorlik bilan o‘rganishmoqda, deb xabar qildi Toshkent IIBB rahbari o‘rinbosari, Tergov qo‘mitasi rahbari Doniyor Toshxo‘jayev.

O‘zbek militsiya xodimlari - Sputnik O‘zbekiston
Andijon viloyat IIB jinoyatchilikka qarshi kurashni "yangicha ishlash" tizimi asosida olib boradi
Toshxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, bu ish huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan doimiy tarzda amalga oshirilmoqda. Roliklarni kuzatish ishlari bilan maxsus xodimlar bilan bir qatorda oddiy tergovchilar ham shug‘ullanishapti.

"Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari nazariga tushayotgan videoroliklar albatta qayd etilmoqda, ular bo‘yicha surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Jinoyat sodir etilganligi aniqlansa zarur tergov tadbirlari boshlab yuborilmoqda", — deb aytgan Toshxo‘jayev.

Huquqni muhofaza qilishi organlari vakillari, shuningdek, elektron pochtaga anonim tarzda yuborilayotgan roliklar ham ko‘rib chiqilayotganini qo‘shimcha qilishgan. Shu bois, videoda jinoyatchi muhrlanganligi tufayli o‘z hayotidan xavfsirayotgan fuqarolar hech qanday qo‘rquvsiz roliklarni militsiyaga yo‘llashlari mumkinligi aytilgan.

Yangiliklar lentasi
0