O‘zbekistonda qurol saqlash va olib yurishga ruxsat berilishi mumkin

Obuna bo‘lish
Ushbu Qonun loyihasini ishlab chiqishdan asosiy maqsad - amaldagi meyoriy-huquqiy asoslarning to‘liq va mukammal emasligi, yagona mexanizm yo‘qligi va shu sababli vujudga kelayotgan huquqiy anglashilmovchiliklarni bartaraf etishdir

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekiston normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida «Qurol to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi umumuy muhokamaga havola etilgan.

Patrul-post xizmati to‘lov asosida xizmat ko‘rsatishga o‘tishi mumkin

Loyiha Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan.

Loyihada qurol fuqarolik, xizmat va jangari turlariga ajratadi.

Loyihaga asosan 9 ta subyekt qurol va o‘q-dorilar sotib olish huquqiga ega bo‘ladi, bular:
— harbiy qismlar, maxsus organlar va bo‘linmalar;
— alohida xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslar;
— qurol ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar;
— qurol sotish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar;
— ovchilik va o‘q otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar;
— qurolni kolleksiya qilish yoki ko‘rgazmaga qo‘yish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar;
— O‘zbekiston fuqarolari;
— chet el fuqarolari;
— mamlakatda doimiy yashaydigan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.

Harbiy qismlar va maxsus xizmatlardan tashqari hamma sotib olinayotgan qurolni ro‘yxatdan o‘tkazish kerak. Ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi hukumat tomonidan belgilanadi.

Fuqarolik va xizmat qurollarini quyidagi shartlar bilan qo‘llash mumkin bo‘ladi:
— hayoti, sog‘lig‘i yoki shaxsiy mulkini himoya qilish uchun;
— mudofaaga zarurat bo‘lganida yoki o‘ta zarur paytda;
— qo‘llashdan avval aniq aytilgan ogohlantirish bilan.

Ushbu hujjat loyihasi 2017-yil 15-avgustga qadar muhokama qilinadi. 2017-yil 1-sentabrda Qonun loyihasi va tegishli materiallarni Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Yangiliklar lentasi
0