Xitoyliklar Andijonda sement zavodini qurishadi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishSement
Sement - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi ishlab-chiqarish obyektining umumiy qiymati 203,9 million dollarga baholanmoqda. Zavod qurilishi Shangfeng-Bridge of Friendship o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasi tomonidan amalga oshiriladi

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Andijon viloyati Buloqboshi tumanida 2019-yilning sentabrida yiliga 1,2 million tonna portlansement ishlab chiqaradigan yangi sement zavodi paydo bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Sement zavodidagi ishchi - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona viloyatida yangi sement zavodi ishga tushirildi
Kuni kecha, 20-iyul kuni O‘zbekiston prezidenti ushbu investitsiyaviy loyihaning texnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqladi.

Yangi ishlab-chiqarish obyektining umumiy qiymati 203,9 million dollarga baholanmoqda. Zavod qurilishi Shangfeng-Bridge of Friendship o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. 

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda beshta yirik sement zavodi faoliyat yuritmoqda. Bular: "Qizilqumsement", "Ohangaronsement", "Quvasoysement", "Bekobodsement", Jizzax sement zavodi va shuningdek qator maydo korxonalar ham mavjud. Ularning umumiy quvvati yiliga 9 million tonnadan oshadi.

Yangiliklar lentasi
0