O‘zbekistonda halol va samarali mehnat qilgan shaxslarga ko‘krak nishoni topshiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMehnat faxriysi ko‘krak nishoni
Mehnat faxriysi ko‘krak nishoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu ko‘krak nishoni bilan, shuningdek, ishlamasdan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarni jamiyat oldida mas’uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bag‘ishlagan onalar ham taqdirlanadi

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining "Mehnat faxriysi" nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi.

Nagrudnoy znak Mahalla iftixori - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti yangi ko‘krak nishonini ta’sis etdi
Ushbu ko‘krak nishoni bilan O‘zbekistonning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi insonlar taqdirlanadilar.

Shuningdek, ko‘krak nishoni ishlamasdan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarni jamiyat oldida mas’uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bag‘ishlab, jamiyatda hurmat qozongan onalarga ham topshiriladi.

"Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar yashaydigan xonadonlar va uy-joylar eshiklariga "Mehnat faxriysi" belgisi o‘rnatiladi.

Hujjatga muvofiq:

Sudya bolg‘achasi - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona sudyalari viloyat xalqi oldida qasamod qildilar
I darajali ko‘krak nishoni bilan kamida 35-yillik mehnat stajiga ega shaxslar;

II darajali ko‘krak nishoni bilan kamida 30-yillik mehnat stajiga ega shaxslar;

III darajali ko‘krak nishoni bilan kamida 25-yillik mehnat stajiga ega shaxslar, shuningdek, jamiyatda hurmat qozongan ishlamaydigan onalar taqdirlanadilar.

I darajali ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida, II darajali ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar.

Ko‘krak nishoni, uning guvohnomasi va pul mukofoti "Navro‘z" bayrami arafasida "Nuroniy" jamg‘armasi Vasiylik kengashining raisi (yoki uning topshirig‘iga binoan boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda tibbiy xizmatdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar.

Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.

Yangiliklar lentasi
0