AQSh Fors qo‘ltig‘ida lazerli pushkani sinovdan o‘tkazdi

© BEHROUZ MEHRI / AFPDengizdagi kema
Dengizdagi kema - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OAVlarda berilayotgan xabarlarga ko‘ra, gap "dunyodagi eng birinchi aktiv lazer qurol" haqida bormoqda. Lazerli pushka narxi taxminan 40 million dollarni tashkil qiladi

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Amerika Harbiy Dengiz Floti kemasidan uchuvchisiz uchish qurilmasi urib tushirildi. Qo‘shma Shtatlar tomonidan shu tariqa Fors Qo‘ltig‘ida birinchi bor lazerli pushka sinovdan o‘tkazildi.

Dron rekord darajada qisqa vaqt ichida urib tushirilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Shimoliy Koreyadagi harbiy parad - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Shimoliy Koreya bilan "katta mojaro" bo‘lishi ehtimoli haqida gapirdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Harbiy dengiz floti leytenanti Keyl Xyuzning jurnalistlarga bergan ma’lumotiga ko‘ra, yangi qurol uchun na shamol va na boshqa cheklovlar to‘siq bo‘la olmaydi.

"Biz shamol tufayli, yoki harakatlar masofasi yoxud yana boshqa narsalar tufayli tashvish chekmaymiz", — deb ta’kidlagan Xyuz.

Tizimning afzalliklari orasida uning mutlaqo shovqinsizligi e’tirof etib o‘tilgan.

"Nur ko‘zga tashlanmaydi, u o‘zidan hech qanday tovush chiqarmaydi, u mutlaqo tovushsiz va nihoyatda samarali", — deb ta’kidlagan leytenant Xyuz.

AQSh harbiylarining aytishlaricha, ob-havodagi o‘zgarishlar lazer samaradorligiga ta’sir o‘tkaza olmaydi. Pushka hattoki o‘ta uzoq masofadan turib eng katta tezlikda harakatlanadigan nishonlarni ham urib tushirish imkoniga ega.

Yangiliklar lentasi
0