Mirziyoyev Ashxobod shahrida imzolagan shartnoma kuchga kirdi

© Press-slujba Prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkmaniston
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkmaniston - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 6-martda Turkmanistonga davlat tashrifi chog‘ida Ashxobod shahrida 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan edi

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Shavkat Mirziyoyev i Gurbanguli Berdimuxamedov v Turkmenistane - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasida Strategik hamkorlik to‘g‘risida shartnoma bo‘yicha qonun imzolandi
"2017-yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston o‘rtasidagi 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirdi. Ushbu shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga davlat tashrifi chog‘ida 2017-yil 6-martda Ashxobod shahrida imzolangan", — deyilgan xabarda.

Shartnoma qoidalariga ko‘ra, tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishadi.

Bunga jumladan savdo aylanmasini oshirish hamda mahsulotlarni (xizmatlarni) o‘zaro yetkazib berishning hajm va navlarini ko‘paytirish uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek ikki davlat biznes-strukturalari vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish yo‘li orqali erishish mo‘ljallangan.

Shartnoma iqtisodiy hamkorlikning turli sohalarida 35 ta tadbirni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi Dasturni ham tasdiqlaydi.

Yangiliklar lentasi
0