O‘zbekistonga Shveysariya Milliy banki raisi keldi

Obuna bo‘lish
Shveysariya Milliy banki boshqaruvchilar Kengashining raisi Tomas Jordan O‘zbekistonning pul-kredit, valyuta siyosatini liberallashtirish borasida ko‘rilayotgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Shveysariya Milliy banki boshqaruvchilar Kengashining raisi Tomas Jordan iqtisodiy hamkorlik doirasida Toshkentga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati xabar bermoqda.

Delegatsiya a’zolari Markaziy bankka tashrifi chog‘ida O‘zbekistondagi makroiqtisodiy vaziyat va bank-moliya tizimida olib borilayotgan islohotlar, xususan investitsiya muhitini yanada yaxshilash, bank tizimining barqarorligini ta’minlashdagi chora-tadbirlar bilan tanishdilar.

Yevropa investitsiya banki O‘zbekiston bozoriga kirishga tayyor

Muzokaralar chog‘ida mehmon O‘zbekistonning pul-kredit, valyuta siyosatini liberallashtirish borasida ko‘rilayotgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Janob Jordan O‘zbekiston banklari uyushmasida Markaziy bank xodimlari va tijorat banklari rahbarlari uchun "Iqtisodiy shart-sharoitlar va Shveysariya monetar siyosati" mavzuyida taqdimot marosimini o‘tkazdi.

Mehmonlar shuningdek, Oliy Majlis Senati rahbariyati va hukumat a’zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tashrif dasturida mehmonlarning qadimiy Buxoroga sayohati ham rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0