O‘zbekiston uy-joy kommunal tizimiga harbiy pensionerlar jalb qilindi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVoyenniy parad v chest 71-y godovshini Pobedi v VOV
Voyenniy parad v chest 71-y godovshini Pobedi v VOV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga ishga qabul qilingan sobiq harbiy bo‘lgan pensionerlar o‘z nafaqalarini to‘liq miqdorda oladilar

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti sobiq harbiy pensionerlarni uy-joy kommunal xizmati ko‘rsatish tizimiga ishga qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qarorni imzoladi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev O‘zbekiston Mudofaa vaziri o‘rinbosarini ishdan oldi

Endi ushbu tizimga ishga qabul qilingan harbiy bo‘lgan pensionerlarga nafaqa bo‘yicha imtiyozlar taqdim etiladi.

Jumladan, 2017-yil 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasida xizmat qilgan va nafaqada bo‘lgan fuqarolar respublika uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga ishga qabul qilinsa, ularga nafaqalar to‘liq miqdorda to‘lanadi.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, bugungi kunda O‘zbekistonda ishlab turgan pensionerlarga faqat 50 % miqdorda nafaqa to‘lanishi belgilangan.

Birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, atom obyektlar avariyalarini bartaraf etishda qatnashgan shaxslar, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlarida din ishlari hamda ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimda ishlayotgan ayollar, shuningdek, Ikkinchi Jahon urushda qatnashgan va ishlaganlar bundan mustasno.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish viloyatlar boshqarmalari, Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat bosh boshqarmasi, ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va "Kommunxizmat" agentligida ishlaydigan pensionerlar ushbu yangi imtiyozdan foydalanishi mumkin.

Imtiyozdan foydalanish uchun nafaqaxo‘rlar faqat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida ishlashi kerak.

Dengi, kvitansii i cheki na oplatu kommunalnix platejey - Sputnik O‘zbekiston
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida 1100dan ortiq xodim ishlaydi

2017 yil 25-iyul kuniga qadar Mudofaa, Ichki ishlar, Faqulodda vaziyatlar, Uy-joy kommunal xizmat vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi ham Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Moliya vazirliklari bilan hamkorlikda uy-joy kommunal xizmat tizimiga sobiq harbiylar bo‘lgan pensionerlarni ishga qabul qilish to‘g‘risida nizom ishlab chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, 5-iyun kuni prezident qaroriga asosan yangi uy-joy komunnal xizmat ko‘rsatish vaziri etib sobiq Mudofaa vaziri o‘rinbosari Saliyev Muzaffar Xoldarbayevich tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0