Andijonda avtoreydlar natijasida 1,5 mingdan ziyod mast xaydovchilar qo‘lga tushdi

© AP PhotoMilitsiya patrul mashinasi
Militsiya patrul mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Andijonda yo‘l transport xodisalarini oldini olish va transport vositalarini boshqarishda yo‘l-harakati qoidalariga rioya etishlarini aniqlash maqsadida avtoreydlar o‘tkazilib kelinmoqda

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Andijonda avtoreydlar natijasida 1786 ta mast xaydovchilar qo‘lga tushdi, deb xabar qildi Andijon IIV matbuogt-xizmati.

Izyatie marixuani - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda 21 kilo marixuana sotgan "bog‘bon" qo‘lga olindi
Xabarda aytilishicha, andijon viloyati IIB Yo‘l harakati havfsizligi boshqarmasi hodimlari tomonidan yo‘l transport xodisalarini oldini olish va transport vositalarini boshqarishda yo‘l-harakati qoidalariga rioya etishlarini aniqlash maqsadida avtoreydlar o‘tkazilib kelinmoqda.

"Soha hodimlari tomonidan o‘tgan 6 oyi davomida o‘tkazilgan avtoreydlar natijasida 1786 nafar shaxs transport vositasini mast holatda boshqarganligi, 7639 nafar shaxs transport vositasini belgilangan tezlik meyorlarini oshirib boshqarganligi, 1250 nafar shaxs svetoforning ta’qiqlovchi qizil chirog‘iga rioya qilmasdan harakatlanganligi, 30973 nafar shaxs xavfsizlik kamarini taqmay harakatlanganligi xolatlari aniqlanib, qoidabuzar xaydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzildi", — deyilgan xabarda.

Shuningdek, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Patrul-post xizmati batalyonining piyoda va avtopatrul yo‘nalishlarida xizmat olib borayotgan xodimlari tomonidan fuqarolarning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘tkir kesuvchi buyumlarni aniqlash va ularni zararsizlantirish borasida tadbirlar olib borilayotgani haqida xabar qilgan.

"O‘tkazilgan tadbir davomida tungi vaqtlarda bemaqsad yurgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish maqsadida IIB binolariga olib kelinmoqda va ulardan fuqarolarning sog‘lig‘iga amalda zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 100 dan ortiq o‘tkir kesuvchi buyumlar aniqlanib, ularni zararsizlantirish choralari ko‘rildi", — deyiladi xabarda.

Tadbirlar davomida Andijon shahar Buxoro ko‘chasida Andijon shaharda yashovchi 1962-yilda tug’ilgan A.Kni shaxsini aniqlash maqsadida tekshirilganda yonidan kastet chiqib IIB ixtiyoriga olingan. Shuningdek, Andijon shahar Yangi bozor Dexqon bozori hududida Ulug‘nor tumanida yashovchi 1970-yilda tug‘ilgan O.Aning shaxsini aniqlash maqsadida tayanch punktga olib kirilib, ko‘zdan kechirilganida hamonidan o‘tkir tig‘li pichoq chiqqanligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0