MXX xalqaro qo‘ng‘iroqlarda noqonuniy foydalanilgan GSM-shlyuzini aniqladi

Obuna bo‘lish
Firibgar o‘z harakati bilan O‘zbekistondagi milliy aloqa operatorlariga jiddiy moliyaviy ziyon yetkazgan. Noqonuniy xizmatdan foydalangan mijozlarning shaxsiy telefon so‘zlashuvlar dahlsizligi buzilgan

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati davlat uchun o‘ta muhim bo‘lgan IT-infratuzilma xavfsizligi, shuningdek, shaxsiy telefon so‘zlashuvlar va yozishmalar dahlsizligini ta’minlash borasida doimiy ravishda tezkor chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Podrobno.uz xabariga asosan.

Dollari SShA izyatie pravooxranitelnimi organami - Sputnik O‘zbekiston
SamDU dekani o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi

Xabarga ko‘ra, shu kunlarda MXX tezkor xodimlari maxsus o‘tkazilgan tezkor operatsiya davomida yuqori texnologiyalarga bevosita aloqador bo‘lgan jinoyatni fosh etdi. Firibgarlar milliy aloqa operatorlarga jiddiy moliyaviy ziyon yetkazishgan.

Jumladan, MXX xodimlari tomonidan Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 42 yoshli Alijon Odilov qo‘lga olindi. Odilov Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan xonadonlardan birida noqonuniy ravishda GSM-shlyuzlaridan foydalangan holda xalqaro telefon so‘zlashuvlar punktini tashkil etgan. Buning natijasida, firibgarlar noqonuniy foyda ko‘rishgan: milliy operatorlar hisobidan mo‘may daromad olganlar.

Noqonuniy xizmatidan foydalangan mijozlar, ularning shaxsiy so‘zlashuvlari uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lishini hattoki bilmaganlar ham.

GSM-shlyuzlari yordamida xalqaro qo‘ng‘iroqlarni ichki tarmoq qo‘ng‘iroqlariga o‘tkazish mumkin. Bu o‘z navbatida xalqaro telefon qo‘ng‘iroq harajatlarini qisqartiradi. GSM-shlyuzlari orqali so‘zlashuvlar aloqa operatorlarining tarmoq ichidagi eng kichik bo‘lgan yoki korporativ tariflari bo‘yicha to‘lab kelingan.

"Qo‘lga olish jarayonida kvartiradan protsessual tartibda 2 ta GSM-shlyuzlari (48 ta ulagichli), bir dona kompyuter texnikasi to‘plami, 48 ta antenna va boshqa noqonuniy telefon aloqa xizmatida foydalanadigan qurilmalar olib qo‘yildi. Firibgarning noqonuniy harakatlari natijasida yetkazilgan ziyon dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 20 mln so‘mdan oshib ketdi", — deb ta’kidladi MXX xodimi.

Odilovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishi olib borilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0