9-sinf bitiruvchilari o‘qishni qayerda davom ettirishni o‘zlari tanlaydilar

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishUchitel v klasse
Uchitel v klasse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bitiruvchilar ota-onalari va o‘zlarining xohishlariga ko‘ra ongli ravishda kasb-hunar kolleji, akademik litsey yoki o‘zlari ta’lim olgan maktablarda majburiy ta’limni davom ettiradilar

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 78-umumta’lim maktabidagi sharoitlar bilan tanishgan chog‘ida O‘zbekistonda 11-yillik ta’limni qayta tiklash taklifini olg‘a surgandi.

Oxirgi qo‘ng‘iroq - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev buyrug‘i: Toshkentdagi maktabda 11-yillik ta’lim tizimi tiklanadi

Shu maqsadda joriy yilning 20-iyun kuni respublika bo‘ylab barcha umumta’lim maktablarida bitiruvchilar va ota-onalarning ushbu masala yuzasidan fikri o‘rganilgan edi.

Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy o‘quv yilida 9-sinfni bitirgan o‘quvchilar ota-onalari va o‘zlarining xohishlariga ko‘ra ongli ravishda kasb-hunar kolleji, akademik litsey yoki o‘zlari ta’lim olgan maktablarda majburiy ta’limni davom ettiradilar.

Yangiliklar lentasi
0