TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. 2017-yilning 4-iyul kuni "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasining "Toshkent-Tamchi-Toshkent" yo‘nalishi bo‘ylab birinchi mavsumiy charter reysining amalga oshirilishida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Tashqi ishlar mahkamasi axborot xizmati.
"O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va yanada mustahkamlash Qirg‘iziston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu yondashuv so‘nggi vaqtlarda bo‘lib o‘tgan barcha yuqori va oliy darajalardagi, jumladan Andijon, Farg‘ona, Jalolobod, O‘sh shaharlarida chegaradosh viloyatlar vakillari o‘rtasidagi uchrashuvlar mobaynida yaqqol namoyon bo‘ldi", deb aytgan Dinara Kemelova.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘iziston Savdo-sanoat palatasining katta vitse-prezidenti Amagenldi Davletov va madaniyat, axborot va turizm vaziri o‘rinbosari Azamat Jamanqulov bilan muzokaralar o‘tkazilgan. Muzokalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlnatirishning aniq yo‘nalishilari muhokama qilingan.