"O‘zbekneftegaz" o‘z brendi va shiorini o‘zgartiradi

© NXK UzbekneftegazZdanie NXK Uzbekneftegaz
Zdanie NXK Uzbekneftegaz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda kompaniyada 120 mingga yaqin kishi mehnat qiladi, kompaniya 200dan ortiq korxonani birlashtiradi

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. "O‘zbekneftegaz" Milliy xolding kompaniyasi tez orada keng miqyosdagi rebrending ishlarini o‘tkazadi, deb xabar berdi Podrobno.uz kompaniya boshqaruvi raisi Alisher Sultonovga asoslanib.

Gazoviy promisel Xauzak - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekneftegaz" kelgusi 4-yil ichida 30 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshiradi

Uning aytishicha, hozirda "O‘zbekneftegaz" va UNG brendlarini butun dunyoda yaxshi bilishadi, biroq har doim yanada yaxshi bo‘lish va oldinga intilish imkoniyati mavjud.

"Yaqin kunlarda biz saytimiz va OAV orqali tender e’lon qilamiz. Bu kompaniyaning yangi brendi va shiorini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov bo‘ladi. Shundan so‘ng butun kompaniyamiz bo‘yicha rebrending ishlarini o‘tkazamiz", — dedi Sultonov.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya 1992-yilda O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov farmoni bilan tashkil etilgan. O‘shanda u "O‘zbekneftegaz" O‘zbek davlat neft va gaz sanoati konserni deb atalgan. O‘sha yilning dekabrida esa "O‘zbekneftegaz" neft va gaz sanoati Milliy korporatsiyasiga aylantirilgan. 1998-yil dekabrida "O‘zbekneftegaz" Milliy xolding kompaniyasiga o‘zgartirilgan.

Bugungi kunda unda 120 mingga yaqin kishi mehnat qiladi, kompaniya 200dan ortiq korxonani birlashtiradi.

Yangiliklar lentasi
0