Bugun O‘zbekiston prezidenti din ulamolari bilan uchrashadi va iftorlik qiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil memorialniy kompleks Imama Buxari
Shavkat Mirziyoyev posetil memorialniy kompleks Imama Buxari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil 15-iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev diniy vakillari bilan Islom dini ma’rifati va uning yoshlar hayotida tutgan o‘rni yuzasidan keng muhokama yig‘ilishini o‘tkazishni rejalashtirgan

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqning bir nechta manbalari bergan ma’lumotga ko‘ra, 2017-yil 15-iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonlik diniy soha vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazadi va shu bilan birga iftorlik ham bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Sputnik muhbiri xabar berdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Imom Buxoriy markazi haqiqiy islom ta’limoti to‘g‘risida ma’lumot bersin

Bu majlisda, o‘z navbatida, Islom dini ma’rifati va uning yoshlar hayotida tutgan o‘rni yuzasidan keng muhokama o‘tkazilishi ham kutilmoqda.

Shu o‘rinda alohida ta’kidlash kerakki, bugungi davrda jahon xalqlariga xavf solayotgan terrorizm, ekstremizm va aqiydaparstlikning maqsadi, avvalo, yoshlar ongini zaharlashga, bu orqali ulardan jangarilar, qo‘poruvchilar yetishtirib chiqarishga qaratilgan. Sof Islom g‘oyalariga mutlaqo begona bo‘lgan bunday qarashlar ilmga chanqoq yoshlarni aldanishiga, ularning to‘g‘ri yo‘lni topib olishlariga g‘ov bo‘lmoqda. Jamiyatdagi bu bo‘shliqni to‘ldirishni, yoshlar tafakkurida sof Islom ma’rifatini shakllantirishni zamonning o‘zi talab etmoqda.

O‘zbekiston diyori zabardast olimlarni, Islom dini ilmining darg‘alarini yetishtirib bergan muqaddas zamin sifatida juda ko‘plab davlatlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Yurt kelajagi bo‘lmish yoshlarning ajdodlarga munosib izdosh bo‘lishi esa bugungi tashlanajak qadamlar va muhim qarorlarga chambarchas bog‘liqdir.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0