BMT Amudaryo va Sirdaryo bo‘yicha 2ta hujjat tayyorlayapti

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishBMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasi
BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Bosh kotibining tashrifi yakunlari bo‘yicha "O‘zbekiston" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Vazir Abdulaziz Kamilov BMT Bosh kotibining O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha intervyu berdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

O‘zbekiston TIV vaziri Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov xorijdagi o‘zbekistonliklar bilan onlayn muloqot o‘tkazadi
Xabarda qayd etilishicha, TIV rahbari Kamilov BMT Bosh kotibi Antoniu Guterreshning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari to‘g‘risida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining "O‘zbekiston" telekanali savollariga javob bergan.

Kamilov intervyu davomida Guterresh va Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar paytida dolzarb masalalar ko‘tarilganini ta’kidladi. "Birinchidan mintaqadagi vaziyat, Afg‘onistondagi xavfsizlik muammolari, ikkinchidan mintaqaviy hamkorlik, uchinchidan suv masalalari va to‘rtinchidan ekologiya, Orol masalalari ko‘tarildi", — deya qniqlik kiritdi u.

"Suv masalasi bo‘yicha juda katta e’tibor berildi, ikki tomondan biz kelishdik. Avvalombor BMT bosh kotibi bizga to‘liq ma’lumot berdilar. Yaqin orada BMT ikkita juda bir jiddiy hujjatlarni, konvensiya deymiz, tayyorlaydi: Amudaryo va Sirdaryo bo‘yicha. Hozir janob Guterresh Qozog‘istonda bo‘ldilar, (u yoqda) mana shu masalalarni ko‘tarib Samarqandda bo‘ldilar, bizdan keyin Qirg‘izistonga ketdilar, Qirg‘izistondan keyin Tojikistonga boradilar, Tojikistondan so‘ng Turkmanistonga. Har bitta mana shu davlatlarda shu masalani ko‘taradilar", — deb xabar qilgan Kamilov.

Yangiliklar lentasi
0