Lola Karimovaning iltimosi

© IstagramLola Karimova
Lola Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lola Karimova o‘zining Feysbukdagi sahifasida o‘zbek atlasiga oid ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishga hissa qo‘shishni iltimos qildi

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Lola Karimova-tillayeva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o‘zbek matolari haqida ma’lumot berdi.

"Shoi — o‘zida go‘zallik va qulaylik, yengillik va jozibadorlikni mujassam etgan matodir. O‘zining yorqin tayyorlanish uslubi va naqshlarining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadigan xon atlasda ko‘p millatli qadriyatlarimiz misoli ko‘zgudagidek ifoda etgan. O‘zbekiston zamini o‘zining ko‘p asrlik "ikat" uslubidagi to‘quvchilik maktabi bilan haqli ravishda faxrlanadi.

Lola Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimovadan "Ikat" haqida go‘zal post
"Ikat" matolar to‘qish san’ati xalqimizning avloddan avlodga meros bo‘lib kelayotgan noyob madaniy boyligidir. Mohir o‘zbek to‘quvchi ustalari yaratadigan go‘zallikda betakror matolar abr matolar deb atalib, bu atama "bulut", ya’ni tarxi bulutsimon ko‘rinishdagi bezaklar ma’nosini anglatadi.

Bu hunarmandchilik turi, mana necha asrlarki, Sharq Renessansi davridan to hozirgi kunga qadar o‘zining jozibador naqshlari va bezaklari bilan olamga go‘zallik hamda uyg’unlik olib keladi.

Hozirgi kunda xalqimizning tarixiy to‘qimachilik merosini saqlash maqsadida O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan o‘zbek milliy matolarini ishlab chiqarish usullarini YuNESKOning Ilg’or Tajriba to‘plamiga kiritish bo‘yicha ish olib borilayapti.

Iltimos, o‘zbek atlasiga oid ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishga o‘z hissangizni qo‘shib, xon atlas liboslarida tushgan rasmingizni #uzbekikat yoki #kxanatlas xeshtegi ostida ijtimoiy tarmoqlarda ulashing, deb murojaat qilgan Lola Karimova.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0