O‘zbekistonliklar Yaponiyaga ishga taklif etilmoqda

© AFP 2023 / Mandel NGANFlag Yaponii
Flag Yaponii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oylik maosh - Aichi prefekturasida soatiga 845 iyen (7,65$), Oita prefekturasida soatiga 715 iyen (6,47$) ekanligi bildirilgan

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi O‘zbekiston fuqarolarini Yaponiyaning Aichi va Oita prefekturalarida ishlashga taklif etmoqda. Bu haqda agentlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida berilmoqda.

Rabota v sexe shveynoy fabriki - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migratsiyasi agentligi fuqarolarni Moskva viloyatiga ishga taklif etmoqda

E’longa ko‘ra, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Uno korpooratsiyasi gul va sabzavotlar yetishtirish bo‘yicha ishchilarni Yaponiyaga taklif etadi.

Ishga faqat 20-28 yoshli xotin-qizlar qabul qilinadi.

Oylik maosh — Aichi prefekturasida soatiga 845 iyen (7,65$), Oita prefekturasida soatiga 715 iyen (6,47$).

Ish tartibi:

A. Kuniga 8 soat ish, haftada 2 kun dam.

V. Kuniga 7,5 soat ish, haftada 1 kun dam.

S. Ish vaqtidan ortiqcha ishlaganligi uchun soatiga oylik maoshning 1,25 foizi miqdorida ustama to‘lanadi.

Ishlash sharoitlari: Qabul qiluvchi kompaniya mustaqil fermer bo‘lib, ishlovchilar uchun Yaponiya hukumati qoidalariga muvofiq keluvchi milliy tibbiy sug‘urta bo‘lishi darkor.

Mavsum paytida (bahor, yoz) ish erta boshlanadi. Shartnoma ishga yollangandan so‘ng 3-yil amal qiladi.

Xonadon ijarasi, suv, elektr va oziq-ovqat xarajatlari ishga yollanuvchi tomonidan qoplanadi. Umumiy xarajatlar oyiga 40 ming iyenni tashkil etadi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha ishlash istagida bo‘lganlardan 214-51-87 yoki 214-47-29 telefon raqamlariga hamda Agentlikning hududiy boshqarmalariga murojaat qilish so‘ralgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0