O‘zbekiston Oliy sudi raisi va uning o‘rinbosarlari saylandi

© Verxovniy sud Respubliki Uzbekistan / Sardor XamrayevZasedanie plenumov Verxovnogo suda i Visshego xozaystvennogo suda Respubliki Uzbekistan
Zasedanie plenumov Verxovnogo suda i Visshego xozaystvennogo suda Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1 iyundan Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud jarayonlari sohasida sud hokimiyatining yagona oliy organi - O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etiladi

TOShKENT, 30-may — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlis Senati qaroriga ko‘ra Oliy sud raisi va rais o‘rinbosarlari saylandi, deb xabar bermoqda uz24.uz.

Xabarda aytilishicha, Kozimdjan Fazilovich Kamilov sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, besh yil muddatga Oliy sudning raisi lavozimiga saylandi, shu munosabat bilan u Oliy xo‘jalik sudining raisi lavozimidan ozod etildi.

Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi plenumi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi birlashtiriladi

Xolmo‘min Buvraboyevich Yodgorov muddatsiz davrga Oliy cud raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylandi. Shu munosabat bilan u Oliy sud sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Bahodir Akbaraliyevich Dehqonov besh yil muddatga Oliy cud raisining o‘rinbosari — ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylanib, Oliy xo‘jalik sudi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Baxtiyor Tursinmatovich Isakov o‘n yil muddatga Oliy cud raisining o‘rinbosari — iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylandi va shu munosabat bilan u Oliy xo‘jalik sudi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, 1-iyundan Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud jarayonlari sohasida sud hokimiyatining yagona oliy organi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0