O‘zbekiston bolalari Turkmanistondagi dengiz sohilida dam olishmoqda

© AP Photo / Alexander ZemlianichenkoTurkmanistondagi Kaspiy dengizi sohili
Turkmanistondagi Kaspiy dengizi sohili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoro, Navoiy, Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 100 nafarga yaqin yosh o‘quvchilar guruhi Kasbiy dengiz sohilidagi Turkmenbosh shahriga dam olish uchun yetib borishdi. Ushbu tashrif shaxsan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov taklifiga asosan amalga oshirilmoqda

TOShKENT, 16-may — Sputnik. O‘zbekistonlik bolalar Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov taklifiga asosan Turkmenbosh shahriga yetib borishdi. Bu haqda Turkmaniston davlat matbuot agentligi xabar berdi.

O‘zbekistonlik yosh o‘quvchilar "Avaza" milliy sayyohlik zonasida joylashgan "Dayanch" bolalar sog‘lomlashtirish markaziga joylashtirildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev(chapda) va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni dengiz kurortiga taklif qildi
Ushbu dam olish vaqtida yosh mehmonlar uchun ushbu kurort hududida ekskursiyalar, ashula-musiqa va sport tadbirlar, suzish va yengil atletika bo‘yicha musobaqalar, ijodiy tanlovlar, yosh bilimdorlar uyinlar, adabiy kechalar va boshqa ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar "Avaza" milliy sayyohlik zonasida joriy yil 25-mayga qadar dam olishadi.

O‘zbekistonlik yosh o‘quvchilar delegatsiyasiga O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar Qo‘mitasi raisi T.Narbayeva boshchilik qilmoqda.

O‘zbekistonlik o‘quvchilarni xalq ta’limi va sog‘likni saqlash vazirliklari xodimlari, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniya hamda "Tomosha" bolalar teatri studiyasi xodimlari hamroh bo‘lishmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0