TOShKENT, 14-maya — Sputnik. "O‘zbekiston temir yullari" AJ Xitoyning yetakchi qurilish korxonalari bilan Qamchiq dovoni orqali yangi avtomobil tunneli qurish haqida bir qator shartnomalar imzoladi.
Bu haqida "O‘zbekiston" telekanaliga "O‘zbekiston temir yullari" AJ bosh muhandisi Husniddin Hosilov xabar qildi. Undan tashqari Hosilov Toshkentda halqa temir yo‘li qurilishi haqida xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston Qamchiq dovoni orqali avtomobil tuneli qurilishi loyihasini ishlab chiqmoqda. Ayni damda mutaxassislar loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqarmoqda. “Qamchiq-2” loyihasi mustaqillik yillari amalga oshirilgan eng yirik loyihalardan biriga aylanishi mumkin.
Yangi loyihada, bugungi kunda ishlab turgan tunnel ostidan yana bir tunnel qurish nazarda tutilgan. Bunday qurilish yangi tunnelni yanada xavfsizroq qilish va eskisidan zahira tunneli sifatida foydalanish imkonini beradi. Dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 175 million dollarni tashkil qiladi.
Podrobno.uz xabari asosida.