O‘zbekiston temir yo‘llari xodimlari uchun Xitoyda o‘qishga tanlov e’lon qilindi

© railway.uzSotrudniki kompanii "O’zbekiston temir yo’llari"
Sotrudniki kompanii O’zbekiston temir yo’llari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston temir yo‘llari" xodimlari Xitoy universitetlarida budjet asosida o‘qishlari mumkin

TOShKENT, 12-may — Sputnik. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ xodimlari uchun Xitoy Xalq Respublikasining quyidagi universitetlarida magistratura dasturi bo‘yicha o‘qishga tanlov e’lon qilindi:

1. Southwest Jiaotong University — Rail Transit Electrification and Information Technology Master's Program.

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida temir yo‘l orqali yuk tashish yo‘lga qo‘yildi

2. Central South University — 2017 Master's Degree Program in Transportation Engineering.

3. Beijing Jiaotong University — Master Programs In Traffic and Transportation Engineering (Railway Operation and Management).

O‘qish istagida bo‘lgan nomzodlar 40 yoshdan oshmagan, hozirgi kunda aktual IELTS yoki TOEFL testlari natijasiga ega bo‘lgan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, tibbiyot ma’lumotnomasi, diplom va attestat nusxalari, ingliz tilida tarjimai hol va tavsiyanoma, pasport va xorijga chiqish ruxsatnoma-stiker nusxalari topshirilishi talab qilinadi, deb ma’lum qiladi "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ matbuot xizmati.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0