YeTTB Rossiyaga sarmoya kiritishdan voz kechdi

© East NewsEuropean Bank for Reconstruction and Development
European Bank for Reconstruction and Development - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sarmoya kiritishdan voz kechish - YeTTB nizomiga zid, deb hisoblaydi Rossiya. YeTTB kengashida Rossiyaning ushbu nuqtayi nazarini aksariyat mamlakatlar qo‘llab-quvvatlamadi.

TOShKENT, 10-maya — Sputnik. Yevropa Taraqqiyot va Tiklanish banki boshqaruvchilari kengashida Belorussiya, Qirg‘iziston, Armaniston va Mongoliya Rossiyaning sarmoya  kiritish haqidagi nuqtayi nazarini qo‘llab quvvatlashdi.

Tashkilotning aksariyat a’zolari, jumladan O‘zbekiston va Ozarbayjon ovoz berishdan voz kechdi.  

Eslatib o‘tamiz, YeTTB sarmoyadorlari 2014-yilning aprel oyida, Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar va murakkablashgan geosiyosiy vaziyat tufayli, Rossiya hududida yangi loyihalar uchun sarmoyalar kiritishni "muzlatib" qo‘ygan edi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi

Bugun Kiprda  bo‘lib o‘tgan YeTTB boshqaruvchilari kengashida, Rossiya  ushbu masalani ko‘tarib chiqdi. Xususan, Rossiya vakillari ushbu holat YeTTB nizomiga zid ekanini ta’kidlashdi.

"Aksariyat mamlakatlar ovoz berishdan voz kechishdi. Ozarbayjon va O‘zbekiston ovoz berishdan oshkora ravishda voz kechishdi. Belorussiya, Qirg‘iziston, Armaniston, Mo‘g‘uliston Rossiyani qo‘llab-quvvatlashdi", — dedi kengash ishtirokchisi.

YeTTB prezidenti Suma Chakrabarti aytishiga qaraganda,  tashkilotning aksariyat a’zolari ushbu qarorni qonuniy deb hisoblaydi.

Yangiliklar lentasi
0