TOShKENT, 10-may — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rog‘un gidroelektrstansiyasi qurilishi qanday borayotganini ko‘zdan kechirdi, deb xabar qildi mamlakat rahbari matbuot-xizmati.
Xabarda qayd etilishicha, Tojikiston rahbari GES to‘g‘oni qurilishi va qurilish maydonidagi boshqa obyektlarni ko‘zdan kechirgan.
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rog‘un GESi to‘g‘onini barpo etish ishlari boshlanishi munosabati bilan so‘zlagan tantanali nutqida "2018 yil dekabrida gidroelektrostansiya elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshlaydi va "Rog‘un" elektri Tojikistondagi har bir oilaga yetib boradi, energiya mustaqilligiga erishish yo‘lidagi so‘nggi qadam amalga oshiriladi", deya va’da bergan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.