Putin Mirziyoyevdan urush faxriylariga ta’zimini yetkazib qo‘yishni so‘radi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRF prezidenti Vladimir Putin
RF prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 72-yilligi munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi

TOShKENT, 8-may — Sputnik. Putin Mirziyoyevni Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alabaning 72-yilligi bilan tabrikladi, deb xabar qilindi Kreml rasmiy saytida.

Ministerstvo oboroni Respubliki Uzbekistan  ustroila aksiyu v ramkax organizovannogo avtoprobega kolonni avtomobiley voyennogo vremeni - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent ko‘chalarida urush yillarining eng mashhur qo‘shig‘i - "Katusha" ijro etildi
Rossiya prezidentining tabrik xatida ta’kidlanishicha, 9-may qutlug‘ sana bo‘lib, butun insoniyat va Vatanni fashizm balosidan qutqarish uchun frontda hamda front ortida yelkama-yelka, bir tan-u bir jon bo‘lib kurashgan ota va bobolarimiz qahramonliklarining timsolidir.

Vladimir Putinning alohida qayd etishicha, tarixni har qanday ko‘rinishda o‘zgartirish, fashizm va natsizmning jinoiy qilmishlarini oqlashga bo‘lgan urinishlarga qarshi birgalikda kurashish – mudhish urushda halok bo‘lganlar va qatnashgan askarlar xotirasiga eng yaxshi hurmat bajo keltirish bo‘ladi.

Vladimir Putin, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevdan urush faxriylari va front ortida mehnat qilganlarga ta’zimini yetkazib qo‘yishni so‘rab, ularga mustahkam sog‘liq, uzoq umr va farovonlik tilab qolishini bildirgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0