TOShKENT, 8-may — Sputnik. Bugun Toshkentda qisqa metrajli "U" nomli kinofilm taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Mazkur film Kanndagi 70-xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi.
Dujevni institut ma’muriy binosi oldida ushbu film rejissori Muxlisa Azizova va Dujev bilan filmda birgalikda rol ijro etgan aktrisa Ra’no Shodiyeva hamda institut prorektori Davlat Mullajonov kutib oldilar.
Master-klass avvalida ishtirokchilarga "U" kinofilmi namoyish etildi. Dujev bilan uchrashuv 2 soatdan ortiq davom etdi. U aktorlik va rejissorlik kasbining ijobiy va salbiy tomonlari hamda ushbu kasb sirlari haqida o‘rtoqlashdi. Shaxsiy tajribasi haqida batafsil so‘zlab berdi.
Filmda taniqli kinoaktrisa Ra’no Shodiyeva ham ishtirok etgan.
Muxlisa Azizovaning "U" nomli kartinasi Kann kinofestivaliga yuborilgan. Film bugungi kun kishilarining ma’naviy olami, hayotiy maqsadlari hamda muammolarini ilgari suradi.
Voqea markazida sevimli ayolining vafotidek og‘ir fojiani boshdan kechirgan inson tarixi gavdalanadi. O‘tmish xotiralari, hayotidagi qalb jarohatlari uni so‘nggi imkon sari boshlaydi.
"U" nomli kinofilmining taqdimoti bugun Toshkentda O‘zbekiston akademik rus drama teatrida bo‘lib o‘tadi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.