Ko‘nikib ham qolindi: O‘zbekistonda yana yer qimirladi

© AP Photo / Wally SantanaGrafiki seysmologicheskoy aktivnosti
Grafiki seysmologicheskoy aktivnosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika hududida seysmik faollik Toshkentda 2 ball, Farg‘onada 3 ball, Andijonda 3 ball, Namanganda 3 ballni tashkil etgan.

TOShKENT, 6-may — Sputnik. "Toshkent" seysmostansiyasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, bugun soat 12:15da O‘zbekistonning ayrim hududlarida zilzila qayd etilgan. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda nega tinimsiz yer silkinmoqda - ekspert fikri

Zilzila epimarkazi Toshkent shahridan 318 km uzoqlikda, Qirg‘iziston Respublikasi hududiga to‘g‘ri keladi. Epimarkazda qayd etilgan zilzila magnitudasi 5 ballni tashkil etgan.

Respublika hududida seysmik faollik Toshkentda 2 ball, Farg‘onada 3 ball, Andijonda 3 ball, Namanganda 3 ballni tashkil etgan.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonning boshqa hududlarida seysmik faollik kuzatilmadi.

3 maydan buyon O‘zbekistonning ba’zi hududlarida epimarkazi Tojikiston va Qirg‘izistonda bo‘lgan kuchsiz yer silkinishlari kuzatilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0