Saudiya Arabistoni podshohligining yangi elchisi Abdulaziz Kamilov qabulida bo‘ldi

© MID UzbekistanaSaudiya Arabistoni podshohligining O‘zbekistondagi elchisi Xisham bin Mishal bin Suvaylim al-Suvaylim
Saudiya Arabistoni podshohligining O‘zbekistondagi elchisi Xisham bin Mishal bin Suvaylim al-Suvaylim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki tomon munosabatlarining, jumladan BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doiralaridagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi

TOShKENT, 2-may — Sputnik. 2017-yilning 2-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni Podshohligining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Xishom bin Mish’al bin Suvaylim al-Suvaylim bilan uchrashdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Tashqi siyosat mahkamasi matbuot-xizmati.

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Saudiya Arabistoni iiroli Salman ibn Abdel Aziza al-Saudni kutib olmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni qiroli Yaponiyaga 10ta samolyot bilan keldi
Abdulaziz Kamilov elchining ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib oldi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki tomon munosabatlarining, jumladan BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doiralaridagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Turli jabhalardagi O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni aloqalaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari mamnuniyat bilan qayd etildi hamda savdo-iqtisodiy, investitsion va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatdagi ayrim masalalar ham muhokama qilindi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0