Endi qonunbuzar militsionerlar ustidan vazirlikka shikoyat qilish mumkin bo‘ladi

© 112Uatelefon zvonok gorachaya liniya slujba dispetcher
telefon zvonok gorachaya liniya slujba dispetcher - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar vazirligining Jismoniy-yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasi tashkil etildi

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. 1-may kunidan boshlab o‘zbekistonliklar militsiya xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilishlari mumkin. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

"Mazkur boshqarma tarkibida "Murojatlarni telefon orqali qabul qilish markazi" tashkil etildi. Markaz 1-may kunidan test rejimida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Militsiya xodimi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda militsiya yangi forma kiyadi

Bu markazning afzallik tomoni shundaki, fuqarolar respublikamizning barcha hududlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yagona markazlashgan qisqa raqamli ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarining og‘zaki murojaatlarini amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi", deyiladi xabarda.

Jismoniy-yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni talablariga muvofiq tashkil etildi.

Hozirda Ichki ishlar vazirligining virtual qabulxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Undan tashqari, IIV saytida tezkor murojaat va savol-javoblar uchun ham alohida bo‘limlar ajratilgan.

Yangiliklar lentasi
0