TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Guliston tumani hokimi Abdumannon Husanboyev tuman hokimi vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Sirdaryo viloyat hokimligi rasmiy veb saytida xabar qilindi.
"Xalq deputatlari Guliston tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Abdumannon Abdulatipovich Husanboyev tuman hokimi vazifasidan ozod etildi", deyiladi xabarda.
Xabarda bildirilishicha, deputatlar tuman hokimi vazifasini bajarishni viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Abdumavlon Ibodullayev zimmasiga yuklaganlar.
Sessiyada Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev ishtirok etib, so‘zga chiqqanligi aytilmoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.