O‘zbekiston havo yo‘llari "Haj-2017" dasturi doirasida qatnovlarni amalga oshiradi

© Gennady MiskoSamolyot aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolyot aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yil dastur doirasida Toshkent-Madina-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 33 ta qatnov bajarish, 7200 ziyoratchiga xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. 7-avgustdan "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi "Haj-2017" dasturi doirasida qatnovlarni bajarishni boshlaydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Torjestvennaya vstrecha novogo Boeing 787 Dreamliner v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Havo yo‘llari Nyu-Yorkka uzluksiz parvozlarini boshlamoqda

O‘zbekistonlik "katta haj" amalini bajarishni istagan ziyoratchilar Boing-767 samolyotlarida Saudiya Arabistonining Madina shahriga yetib boradilar.

Bu yil dastur doirasida Toshkent-Madina-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 33 ta qatnov bajarish, 7200 ziyoratchiga xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan.

"An’anaviy tarzda parvoz davomida taomlar va yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar yaratishga alohida e’tibor qaratiladi", deyiladi xabarda.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK bu yilgi "Umra-2017" dasturi doirasida Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 30ta reysni amalga oshirdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0