TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, qiloyatlar va Toshkent shahrida "Salomatlik sari" respublika ommaviy yugurish tadbiri o‘tkazilmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari matbuot-xizmati.
Ommaviy yugurish tadbiri barcha hududlarda bir vaqtda — joriy yilning 29-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Toshkentning Mirobod tumanidagi Oybek va Nukus ko‘chalari chorrahasidan (Mo‘ljal: "Shox med center" markazi va "KDB bank Uzbekistan") start olgan yugurish tadbiri Afrosiyob, Sharof Rashidov, Islom Karimov ko‘chalari bo‘ylab Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrigacha bo‘lgan masofada o‘tkaziladi.
Finish Toshkent univermagi (SUM) oldida.
Taqdirlash marosimi Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri oldidagi maydonda bo‘lib o‘tadi.
Barcha O‘zbekistonliklar kasaba uyushmalarining Salomatlik aksiyasi doirasida sog‘lom turmush tarzi sari yana bir qadam tashlash uchun ommaviy yugurish tadbiriga taklif etiladi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.