Ekspert Tojikistondagi hibsga olishlar haqida: ilgari bunaqasi bo‘lmagan

© Foto: Iz lichnogo arxiva Ali AlizodaAli Alizod, nezavisimiy ekspert po ekonomike i politike
Ali Alizod, nezavisimiy ekspert po ekonomike i politike - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojik siyosatshunosining fikricha, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlarining yoppasiga hibsga olinishi kadrlar tizimidagi ulkan tozalovning boshlanishi bo‘lishi mumkin

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Dushanbeda davlat moliyaviy nazorat va korrupsiyaga qarshi kurash agentligining 17 nafar xodimi hibsga olindi.

"Tojikistonning yangi tarixida hali bunaqasi bo‘lmagan. Bu juda sezilarli qadam. Gap ilgari qilmishlariga ko‘z yumib kelingan martabali amaldorlarning qo‘lga olinishi haqida borar ekan bu juda salmoqli ish", — dedi Sputnik Tojikistonga intervyusida mustaqil ekspert Ali Alizod.

Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston amaldorlari bo‘sh vaqtlarida tumanlar nomlarini o‘zgartirish bilan shug‘ullanishadi

Yaqinda 18-yilga ozodlikdan mahrum qilingan Dushanbe kapital qurilish boshqarmasi sobiq rahbari Saidsharif Anvarov bilan bog‘liq jinoyat ishi hibsga olinishlarning asosiy sabablaridan biri sifatida aytilmoqda. Anvarov pora olish hamda "Istiqlol" tibbiy markazi qurilishi vaqtida budjet pullarini o‘zlashtirishda ayblangan.

"Hozircha bular mish-mish, tasdiqlangan ma’lumot juda kam. Lekin qiymati 60-70 million dollar deb baholangan yaqinda ochilgan tibbiyot markazining bu ishga bog‘liqligi bor. Hozircha katta tozalov ketapti va ehtimol bu hali hammasi emas", — deb hisoblaydi siyosatshunos.

Hibsga olinganlar orasida tergov boshqarmasi boshlig‘i Firuz Xolmurodov va idora boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari Davlatbek Xayrzoda ham bor.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0