Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi ikki reys bekor qilindi

Obuna bo‘lish
Poyezdlar haftasiga ikki marta Qamchiq dovoni orqali harakatlanadi. O‘zbekiston FVV shu kunlarda respublkaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel ketishi va ko‘chki ro‘y berishi xavfi haqida ogohlantirgan

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ dushanba kundan boshlab Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishidagi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilishi haqida ogohlantirdi.

Ta’kidlash lozim, poyezdlar haftasiga ikki marta Qamchiq dovoni orqali harakatlanadi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" chiptalar narxi arzonlashganini ma’lum qildi
"Texnik sabablarga ko‘ra bitta reysdan Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishidagi 60/59 sonli poyezdning 17.04.17 dan boshlab har dushanba kungi va 62/61 poyezdning 19.04.17 dan boshlab har chorshanba kungi reyslari bekor qilinadi", — deyilgan xabarda.

Poyezdlar harakatlanishi qachon qayta tiklanishi haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

O‘zbekiston Favqulodda Vaziyatlar vazirligi matbuot-xizmati esa ob-havo sharoitlari yomonlashishi tufayli ko‘chki yuz berishi ehtimoli kattaligi haqida ogohlantirgan. Vazirlik xabariga ko‘ra, Toshkentga yaqin hamda respublikaning tog‘li hududlarida sel ketishi va ko‘chki ro‘y berishi xavfi mavjud.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0