IIBB havotirda: nosga narkotik qo‘sha boshlashdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda nosvoyga spays (sintetik narkotik modda) qo‘shilishi bilan bog‘liq bir nechta holatlar aniqlandi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB tergov qo‘mitasi xodimi

TOShKENT, 20 Sputnik. O‘zbekistonda nosvoyga sintetik turdagi narkotik modda qo‘shish holatlari aniqlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

O‘zbekistonda tabletka giyohvandligiga ruju qo‘yganlar ko‘paymoqda
Toshkent shahar IIBB Tergov qo‘mitasining giyohvand vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatlarni o‘rganish bo‘limi rahbari, polkovnik Oleg Kimning so‘zlariga ko‘ra, ayni kunda respublika regionlarida spays tarqalishi holatlari ko‘p uchramoqda. Sintetik narkotik nasha va opioid singari giyohvand moddalardan arzon narxi bilan farq qiladi.

Polkovnikning aytishicha, bu holat butun Markaziy Osiyo davlatlari uchun katta xavf tug‘diradi.

Spayslar an’anaviy narkotiklardan bir necha barobar xavfliroqdir. Ularni iste’mol qilgan kishi o‘z harakatlariga javob bera olmaydi. Meyordan ortiq iste’mol qilganlik esa taxikardiya va organizmda boshqa havotirli holatlarni keltirishi mumkin. Butun dunyoda har yili aynan spays tufayli juda ko‘plab yoshlar hayotdan bevaqt ko‘z yummoqda. Bunday yoshlarga spayslarni kayfiyatni ko‘taruvchi xavfsiz modda sifatida tafsiya etishadi. Spayslarni chekish avval shunchaki ermak sifatida boshlanib, inson keyinchalik unga jiddiy bog‘lanib qoladi va bu holat inson shaxsiyatining zavol topishi bilan yakun topadi.

Yangiliklar lentasi
0