Dollar aybdor: O‘zbekistonda shakar qimmatlashdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi shakar narxi nega ko‘tarilgani haqidagi savolga javob berdi

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "Darakchi" tahririya tomonidan shakar narxi ko‘tarilishi sababi haqidagi savolga "Shakar narxining ko‘tarilishi jahon bozorlarida Braziliyadan sotib olinadigan shakar-qamish(shakar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan asosiy xom ashyo) xom ashyosi narxi ko‘tarilishiga hamda erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta narxi oshishiga bog‘liqligi"ni tak’idlagan.

Shakar zavodi ishchisi - Sputnik O‘zbekiston
Rusagro O‘rta Osiyoni istiqbolli shakar bozori deb hisoblaydi
Nashr xabariga ko‘ra, ayni vaqtda respublikada bir kilo shakarning ulgurji savdodagi narxi — 4750 so‘m darajasida, chakana savdodagi narxi esa — 5200 so‘mgacha o‘rnatilgan. 10-aprel holatiga ko‘ra, Toshkentdagi qator supermarketlarda shakarning bir kilosi 5 ming so‘mdan sotilgan. Bundan tashqari, Toshkent shahrining markaziy bozorlarida shakar (bir kilosi uchun) 4900 so‘mdan sotiladigan maxsus savdo shahobchalari tashkil qilingan.

Iste’mol bozorida shakar yuqorida ko‘rsatilgan narxlarda sotilishiga rioya etilishi uchun nazorat qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan, deb xabar qiladi nashr.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning dekabr oyida Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati har bir kishi boshiga ajratilgan meyor asosida shakar, yog‘ va unga yagona narxlar belgilangani haqida xabar qilgan edi.Xususan, xabarda 1 kg un — 1050 so‘m, 1 kg yog‘ — 5400 so‘m, 1 kg shakar — 4800 so‘m etib telgilangani ta’kidlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0