TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali mart-aprel oylari davomida hukumat tarkibida ro‘y bergan o‘zgarishlar haqida axborot berdi. Unga ko‘ra, o‘tgan bir oy davomida hukumat tarkibida quyidagi lavozimiy o‘zgarishlar ro‘y berdi:
Mahmudjon Rustamovich Boltaboyev O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlandi.
Bahodir Qahramonovich Yusupaliyev O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Abduhakim Hojiboyev O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Bahrom Qurbonovich Sharipov "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi boshqaruvining raisi lavozimiga tasdiqlandi.
Navro‘zjon Raimjonovich Alimov "O‘zagroeksportbank" aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy milliy banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Qahramon Qodirovich Mullajonov "Asaka" aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi.
Ravshan Abrorovich Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Azim Isroilovich Ahmadxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi.
Rustam Mirzayevich Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Abdushukur Hamidovich Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi.