Putin Rossiya va ODKB davlatlarida "rangli inqiloblar"ga yo‘l qo‘ymasligini aytdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB)ga a’zo mamlakatlarda rangli inqiloblar yuz berishiga yo‘l qo‘ymasligiga va’da berdi

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Rossiya hukumati mamlakat ichkarisida kabi, ODKBga a’zo davlatlarda ham rangli inqiloblar yuz bermasli uchun harakat qiladilar, deb bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. RIA Novosti xabariga asosan.

KXShT malakatlari bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni KXShTga boshlamaydi
"Biz turli davlatlarda amalga oshiriladigan turli nazariyalarni bilamiz, ular mintaqalarda jiddiy notinchliklarga olib keladi. Albatta, bu kabi hodisalar yuz berishiga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim va Rossiyada o‘zimizni tegishli tarzda tutishga hamda ODKB bo‘yicha hamkorlarimizni qo‘ldan kelgancha qo‘llab-quvvatlashga harakat qilamiz", — degan Putin "Mir" telekanaliga bergan intervyusida.

"Rangli inqiloblar" — hukumat o‘zgarishi jarayonining umumiy nomidir. Rangli inqiloblarga Gruziyada yuz bergan "atirgul inqilobi", Qirg‘izistondagi "lola inqilobi", Ukrainadagi "zarg‘aldoq rang inqilob", Tunisdagi "yasmin inqilobi", va Misrdagi "nilufar inqilobi"ni misol keltirish mumkin. Ular odatda tinchlik mitinglari ko‘rinishida boshlanadi va huquqiy normalar doirasidan chiqib ketadigan keskin noroziliklarga aylanib ketadi. Asosan tashqi tomondan fitna tarzida uyushtiriladigan bunday harakatlarning asosiy maqsadi davlat hokimiyatini to‘ntarishdan iborat bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0