O‘zbekiston Rossiyaning quvur va polimer mahsulotlariga aksiz solig‘ini bekor qildi

© Sputnik / Aleksandr Pogotov / Mediabankka o‘tishNa uchastke truboprokatnogo sexa
Na uchastke truboprokatnogo sexa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrifi vaqtida Rossiyada ishlab chiqariladigan qator mahsulotlarga: tijorat avtomobillari, po‘lat prokati, oziq-ovqat mahsulotlari va qurilish materiallariga nisbatan aksiz soliqlarini pasaytirish yoki bekor qilish haqida gapirgandi

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga ko‘ra 1-apreldan boshlab Rossiyadan import qilinadigan quvur, polimer, yog‘och va bir qator oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan aksizlar bekor qilindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

O‘zbekistonga olib kirishda aksiz solinadigan mahsulotlar ro‘yxatidan "makaron mahsulotlari", "plastmassa va polimer mahsulotlari", "yog‘och mahsulotlari", "list prokati va quvur mahsulotlari" chiqarib tashlandi.

Zavod po proizvodstvu karkasno-panelnix derevannix domov v Arxangelske - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiyaning bir qator mahsulotlariga aksiz soliqlarini bekor qildi

Qarorga asosan, shuningdek, tijorat avtomobillari (to‘liq vazni 5 tonnadan ortiq bo‘lmagan) uchun aksiz soliqlari bojxona qiymatining 70%idan 30%iga tushirildi.

Bundan tashqari, import oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan ham aksiz qiymati tushirildi. Xususan, bug‘doy uni, kungaboqar moyi, konservalangan sabzavot mahsulotlari, sabzavot va meva sharbatlari, iste’mol ta’m beruvchi qo‘shimchalari (ketchup va mayonezdan tashqari) uchun aksiz stavkalari pasaytirildi.

O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrifi vaqtida Rossiyada ishlab chiqariladigan qator mahsulotlarga: tijorat avtomobillari, po‘lat prokati, oziq-ovqat mahsulotlari va qurilish materiallariga nisbatan aksiz soliqlarini pasaytirish yoki bekor qilish haqida gapirgandi.

Yangiliklar lentasi
0